Universitet bog'i

O‘zbekiston Milliy universiteti hududida barpo etilgan bog‘ kampus hayotining eng go‘zal va sermazmun maskanlaridan biridir. Bu bog‘da talabalarga nafaqat dam olish, balki ilmiy-amaliy tajriba orttirish uchun ham keng imkoniyatlar yaratilgan.

Bog‘ hududida turli xil mevali daraxtlar — olma, nok, o‘rik, gilos va boshqa ko‘plab daraxtzorlar qad rostlab, bahor va yoz fasllarida kampusni gullar hidiga burkab, kuzda esa serhosil mevalari bilan baraka manbai bo‘ladi.

Shuningdek, bog‘ning alohida maydonlarida poliz ekinlari va sabzavotlar — pomidor, bodring, qalampir, qovoq hamda turli xil bargli ko‘katlar ekib o‘stiriladi. Ularning parvarishi talabalar uchun amaliy mashg‘ulot vazifasini o‘tab, qishloq xo‘jaligi sir-asrorlarini o‘rganishda katta yordam beradi.

Mazkur bog‘ nafaqat universitet hududini go‘zal va yashil makonga aylantiradi, balki talabalarning ekologik ongini rivojlantirish, ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash va ularni tabiatga mehr ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.

Scroll to Top