Milliy universitetda an’anaviy tanishtiruv va mustaqillik darslari o‘tkazildi

Har yili yangi o‘quv yili boshida o‘tkaziladigan orientation va mustaqillik darslari bu safar ham Biologiya fakultetida ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.Akademik Bakriddin Zaripov, O‘zFA Zoologiya instituti Entomologiya laboratoriyasi yetakchi ilmiy xodimi Maksedbay Medetov hamda fakultet dekani To‘xtasin Abdrahmonov ishtirokidagi darslar talabalar bilan ochiq muloqot shaklida o‘tkazildi.

Shu bilan birga, Geografiya va geoaxborot tizimlari fakultetida ham yangi qabul qilingan 1-kurs talabalar uchun an’anaviy orientation darslari bo‘lib o‘tdi.Dekan Shavkat Sharipov boshchiligida fakultet jamoasi talabalarga tanishtirildi, universitet tarixi va fakultet faoliyati haqida ma’lumot berildi.Soha mutaxassislari va ish beruvchi tashkilot vakillari ishtirokida esa mahorat darslari tashkil etilib, talabalar amaliy tajriba bilan tanishtirildi.

Tanishtiruv haftaligi davomida 1-kurs talabalari uchun qo‘shimcha ravishda:

* universitetning tuzilmasi va akademik resurslari;
* dekanat, murabbiylik va talabalarga ko‘mak xizmatlari;
* ilmiy tadqiqotlar, innovatsion loyihalar va xalqaro akademik almashinuv dasturlari (Erasmus+, DAAD va boshqalar);
* kutubxona, elektron platformalar va masofaviy ta’lim tizimlari;
* talabalar uyushmalari, madaniy to‘garaklar va sport klublari;
* akademik halollik, axloqiy me’yorlar va ichki intizom qoidalari;
* karyera markazi va ish beruvchilar bilan hamkorlik imkoniyatlari haqida tushuntirishlar berildi.

Ushbu darslar orqali Milliy universitet nafaqat 1-kurs talabalarini kutib oldi, balki ularning akademik, ijtimoiy va madaniy hayotga samarali qo‘shilishlari uchun mustahkam zamin yaratdi.

Scroll to Top