O‘zMUda san’at konserti

Open to everyone, with a professional guide and comfortable

photo_2025-08-15_16-09-22

O‘zbekiston Milliy universitetida Ijtimoiy fanlar fakulteti tashabbusi bilan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy imkoniyati va iste’dodini ro‘yobga chiqarish maqsadida, an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “O‘zliging namoyon qil!” nomli san’at festivali bo‘lib o‘tdi.


Festivalda barcha fakultetlardan 100 nafarga yaqin iqtidorli talabalar ishtirok etdi. Qatnashuvchilar musiqa, qo‘shiqchilik, raqs, teatr va aktyorlik mahorati, parodiya san’ati, milliy liboslar ko‘rgazmasi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z iqtidorlarini namoyish etdi.

Rektor boshchiligidagi universitet rahbariyati ham mazkur festivalda mehmon bo‘ldi. Iqtidorli talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, raqs-parodiyalar, namoyish etilgan sahna tomoshalari, ko‘rgazmalar tomoshabinlarga yuqori kayfiyat ulashdi.

Scroll to Top