O‘zbekiston Milliy universiteti rahbariyati va talaba-yoshlari “Talaba Fest” talabalar festivali doirasida tashkil etilgan Gala konsertda faol ishtirok etdi. Mazkur konsert yoshlarga unutilmas taassurotlar ulashdi.
Tadbir davomida yurtimizning mashhur estrada yulduzlari o‘zining yorqin chiqishlari bilan talabalarga xush kayfiyat va ozgacha ruh baxsh etdi. Gala konsert yoshlarda Vatanga muhabbat, ezgulik va birlik g‘oyalarini yanada mustahkamladi.
Bunday madaniy-ma’rifiy tadbirlar talabalarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni ijtimoiy faollikka chorlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.