O‘zMUda “Ayolga ehtirom” nomli tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi

Joriy yilning 6-mart sanasida O‘zbekiston Milliy universitetida ona zoti, ayol hilqati va uning jamiyatdagi beqiyos o‘rni va ahamiyatini yuksak ehtirom korsatish maqsadida “Ayolga ehtirom” nomli tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbir ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ularning ilm-fan, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalardagi ulkan hissalarini yoritish va qadrlash uchun muhim imkoniyat yaratdi.

Tadbir avvalida universitet rektori Inom Madjidov o‘z nutqida xotin-qizlarni yaqinlashib kelayotgan  8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabriklab, universitetning salohiyati va xalqaro maydondagi nufuzining oshishida ayol olimalar va professor-o‘qituvchilarning beqiyos hissasini alohida ta’kidladi. U, shuningdek, ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan mardona ayollarga chuqur ehtirom bildirar ekan, bu sohadagi ayollarning o‘z mehnatlari va ilmiy izlanishlari orqali jamiyatga qo‘shgan hissasini yuqori baholadi.

Shuningdek, tadbir davomida O‘zMU matbuot kotibiyati tomonidan tayyorlangan va universitetda faoliyat ko‘rsatadigan ayollarning ilm-fan, ta’lim, madaniyat, tadqiqotlar, va boshqa sohalardagi erishgan yutuqlarini aks ettirgan video rolik namoyish etildi. Shuningdek, ushbu ro‘likda ayollarning ilmiy izlanishlar, o‘qitish jarayonidagi muvaffaqiyatlar, shuningdek, ijtimoiy va madaniy sohalarda o‘tkazilgan loyihalar va tadbirlarda erishgan yuqori natijalari taqdim etildi.

Tadbirning madaniy qismida elimizning taniqli san’atkorlari va estrada xonandalari o‘z chiqishlari bilan bayramga o‘zgacha shukuh bag‘ishlashdi. Bayram davomida ijro etilgan musiqiy dasturlar va xonandalar tomonidan taqdim etilgan konsertlar ishtirokchilarni dilkash va samimiy muhitda birlashtirdi. Tadbir nafaqat xotin-qizlarni bayram bilan tabriklash, balki ayollarning jamiyatdagi ahamiyatini yana bir bor e’tirof etish va ularning ilm-fan, ta’lim, madaniyat kabi sohalardagi yuksak erishgan yutuqlarini keng jamoatchilikka tanishtirish maqsadida o‘tkazildi.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Scroll to Top