OʻzMUga Qozogʻistonning Nazarbayev universitetidan bir qator delegatsiyasining tashrifi

Delegatsiyani Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Raima Shirinova, Amaliy matematika va intelektual texnologiyalar fakulteti dekani Zafar Raxmonov, professor Mirsaid Aripov, Iqtisodiyot fakulteti dekan muovini  va ijtimoiy fanlar fakulteti professor-oʻqituvchilari kutib olishdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston Milliy universitetining taʼlim tizimi, milliy va xalqaro reyting boʻyicha natijalari hamda xalqaro qoʻshma taʼlim dasturlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Ushbu uchrashuvda tomonlar ikki universitet oʻrtasida akademik mobillikni yoʻlga qoʻyish, hamkorlikda ilmiy maqolalar nashr qilish va talabalarning yozgi maktablarini tashkil qilish borasida fikr yuritishdi. Uchrashuvda mutaxassislar iqtisodiyot fakulteti hamda amaliy matematika va intelektual texnologiyalar fakultetlariga tashrif buyurishdi. Bu yerda olimlarimiz “The cybersecurity landscape”, “A tutorial on short-form essay writing” mavzusida amaliy matematika va intelektual texnologiyalar fakulteti talabalariga maʼruza oʻqishdi. Gonzalo Hap Hortelano  “Role of Research in a Knowledge Based Economy” mavzusida Iqtisodiyot fakulteti talabalariga ingliz tilida maʼruza oʻqidi.

Uchrashuv soʻngida tomonlar xamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha onlayn uchrashuvlar tashkil qilib bugun muhokama qilingan barcha takliflarini qadam-baqadam amalga oshirish borasida kelishib oldilar.

Scroll to Top