Xovos turizm forumi

 “Buyuk ipak yo‘li chorrahasidagi ko‘hna maskan jozibasini targ‘ib qilamiz!”

Turizm forumi

ishtirokchilari karvoni

“Buyuk ipak yo‘li chorrahasidagi ko‘hna maskan jozibasini targ‘ib qilamiz!” shiori ostidagi turizm forumi ishtirokchilarining turizm karvoni Sirdaryo viloyati Xovos tumanida

Forum

2-noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Sirdaryo viloyati Xovos tumani hokimligi hamkorligida universitet talabalari hamda mazkur tuman o‘quvchi-yoshlari ishtirokida “Buyuk ipak yo‘li chorrahasidagi ko‘hna maskan jozibasini targ‘ib qilamiz!” shiori ostida Xovos turizm forumi o‘tkazildi

Turizm forumi

ko'zlangan maqsad va istiqbollari

Unda rektor boshchiligida universitet rahbariyati vakillari, talaba-yoshlari, Sirdaryo viloyati Xovos tumani hokimligi hamda mazkur tumandagi turizm sohasida faoliyat yuritayotgan mas’ullar va o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishdi.

Forum

Xalqaro forumdan ko‘zlangan maqsad – Sirdaryo viloyati Xovos tumani turistik obyektlarining jozibadorligini namoyish etish, tarixi va etnografiyasini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy monografiyalar yaratish va ularni keng jamotchilikka targ‘ib etish, shuningdek, mahalliy va chet ellik turistlarni ushbu qadamjolar va turistik obyektlarga qiziqishini oshirishdan iborat.

konsert

“Buyuk ipak yo‘li chorrahasidagi ko‘hna maskan jozibasini targ‘ib qilamiz!” shiori ostida"

«Buyuk Ipak yo‘li chorrahasidagi ko‘hna maskan jozibasini targ‘ib etamiz!» shiori ostida tashkil etilgan Xovos turizm forumi doirasida talaba-yoshlar Xovos tumanining bir nechta turistik obyektlari, diqqatga sazovor qadamjolariga sayohat qilishdi.

⏺ Jumladan, forum ishtirokchilari “Ko‘hna Xovos”, “Xasti buzurgon”, “Bibi ocha” hamda “Yusufbobo” ziyoratgohlarida bo‘lib, mazkur obyektlar haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Foto Gallereya

Scroll to Top