2024-yil 21-sentabr kuni Ziyo Forum (Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro fondi)da «Inson huquqlari doirasida Media savodxonlik» mavzusida trening bo‘lib o‘tdi. Tadbirda saralangan 33 nafar talabaga media savodxonlik bo‘yicha bepul trening tashkil etildi. Treningning asosiy maqsadi ishtirokchilarga inson huquqlarining dolzarb ahamiyati va u bilan bog‘liq muammoli vaziyatlar haqida bilim berish edi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan yolg‘on xabarlarning huquqiy oqibatlari va ularni fosh etish usullari haqida batafsil tushuncha berildi.
Trening davomida quyidagi mavzular yoritildi:
- Inson huquqlarining himoyasi va amaliyoti: Talabalar inson huquqlari bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda yondashuvlarni o‘rganishdi.
- Faktchekning zaruriyati: Ma’lumotlar haqqoniyligini tekshirish texnikalari va yolg‘on xabarlarni aniqlash usullari o‘rgatildi.
- Ijtimoiy tarmoqlarda huquqiy oqibatlar: Yolg‘on axborot tarqatish bilan bog‘liq huquqiy javobgarlik tushuntirildi.
Trener sifatida Turanov Diyorbek Abdullayevich ishtirok etdi va talabalarga inson huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq ko‘nikmalarni rivojlantirish, ayniqsa, media savodxonlik borasida o‘z bilimlarini oshirish uchun muhim tavsiyalar berdi.
Ushbu tadbir SDG 4: Sifatli ta’lim va SDG 16: Tinchlik, adolat, va kuchli institutlar maqsadlariga mos keladi. Trening orqali talabalarning media savodxonligi oshirilib, ularni huquqiy jihatdan himoyalash va yolg‘on ma’lumotlarga qarshi kurashish imkoniyatlari kengaytirildi. Bu tadbir talabalarni ongli va tanqidiy fikrlashga, huquqlarini to‘g‘ri himoya qilishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning kelgusidagi faoliyati uchun muhim poydevor yaratdi.