
Ma’lumki har yili 13 noyabr kuni umumjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tashabbusi tufayli, jahonda xalqaro “Ko‘zi ojizlar” kuni nishonlanadi. Ushbu kunning asosiy maqsadi ko‘zi ojizlar hayoti davomida duch kelayotgan to‘siqlarni yoritish va jamoatchilikni ular haqida xabardor qilishdan iboratdir. Aynan shundan kelib chiqib, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Ijtimoiy ish kafedrasi professor o‘qituvchilari va Ijtimoiy ish yo‘nalishida taxsil olayotgan 1 kurs talabalari tomonidan ushbu kunga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Tadbir “Tungi sayrlar” deb nomlandi. Ushbu tadbirda talabalarga Xalqaro Ko‘zi ojizlar kunining xususiyatlari, ko‘zi ojizlar hayoti haqida qisqacha ma’lumot berilib, talabalar ko‘zi ojizlarining hayotini o‘z amaliyotida tushunishi uchun turli xil amaliy faoliyatlar yoki o‘yinlar tashkil etildi.
Talabalarning ko‘zlari bog‘lanib ularga turli xil topshiriqlar berildi. Masalan: O‘zingizga kerakli mevani tanlang. Ovozni taning. Qadam asosida insonni tasvirlang. O‘z dustingizni toping. Mobil telefoningizni toping va xokazo. Ushbu topshiriqlar talabalar tomonidan ko‘zlari bog‘langan holda tasodifan tanlanib bajarildi. Har bir topshiriqdan keyin talabalar o‘zlari duch kelgan qiyinchiliklarni va tajribalar borasida o‘rtoqlashtilar.
Tadbir yakunida nogironligi bor shaxslar insoniyatning xilma xilligining bir turi haqida xulosaga kelindi va ularga kerakli sharoitlar yaratib berilishi, ularning jamiyatning to‘liq a’zosi bulishiga imkon berishiga olib kelishi haqida talabalarda yaqqol tasavvur uyg‘ondi.

