Milliy universitetda imkoniyati cheklan(­ma)gan talabalar uchun intellektual turnir tashkil etildi

Bugungi kunda mamlakatimizda inson qadri, uning huquq va manfaatlarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi etib belgilangan. Bu jarayonda barcha fuqarolarimiz kabi nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimizga e’tibor va amaliy g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Bu borada chuqur insonparvarlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan sa’y-harakatlar 13-noyabr – Xalqaro ko‘zi ojizlar hamda 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kunidan ko‘zlangan maqsad va vazifalarga uyg‘un va hamohang ekanini ta’kidlash lozim.Imkoniyati cheklangan talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning imkoniyatini yuzaga chiqarish, intilishlariga rag‘bat berish maqsadida Milliy universitetning Tarix fakultetida Xalqaro ko‘zi ojizlar hamda Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “O‘zbekistonda hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi» shiori ostida intellektual turnir tashkil etildi. Ushbu turnir doirasida universitetning turli fakultetlarida tahsil olayotgan nogironligi mavjud 300 dan ortiq imkoniyati cheklangan talabalar “Shashka” musobaqasi va «Zakovat» intellektual o’yinlarida faol ishtirok etdi.

Natijalarga ko’ra, shashka musobaqasida ko‘z bo‘yicha I va II guruh nogironligi mavjud bo‘lgan talabalar orasidan g‘olib bo’lgan ishtirokchilar pul mukofoti bilan taqdirlandi (1-o’rin – 1 500 000 so’m, 2-o’rin – 1 000 000 so’m, 3-o’rin – 500 000 so’m) hamda Olmazor tumani Ko’zi ojizlar jamiyati bo‘limi sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.Shuningdek “Zakovat” intellektual turnirida I va II guruh nogironligi bo’lgan talabalardan tuzilgan g’olib jamoalarga universitet tomonidan mukofot jamg‘armasi 10 500 000 so‘m bo‘lgan pul mukofoti va maxsus estalik sovg’alari topshirildi.

 

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Scroll to Top