Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Milliy universitetining “Yashil energiya” loyihasi kam uglerodli, samarali va arzon elektr energiyasi ishlab chiqarishga qaratilgan eng muhim tashabbusdir.
Universitet tashabbuslari qayta tiklanadigan energiya samaradorligi bilan bog’liq real loyihalarda ishtirok eta oladigan talabalar uchun amaliy ta’lim imkoniyatlarini taqdim etib kelmoqda.
Bugun, universitet ko’chasida tashkil etilgan ko’rgazmada O’zMUning “Green Power” loyihasi tashabbuskorlari ham ishtirok etishdi va loyiha doirasida olib borilayotgan ishlar to’g’risida qiziqqan kuzatuvchilarga ma’lumot berishdi. Shuningdek, loyihada volontyor sifatida ishtirok etish xohishini bildirgan talabalarga loyihaning asosiy maqsadi va vazifalari tushuntirildi.
O‘zbekiston Milliy universitetining GP loyihasi orqali energiya samaradorligi va qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarishni rag‘batlantirish borasidagi sa’y-harakatlari barqarorlikni ta’minlashga sodiqligini ko‘rsatadi. Mahalliy hamjamiyatlarni va sanoatni bevosita jalb qilish orqali universitet mintaqadagi ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni qo’llab-quvvatlab, toza energiya va barqaror amaliyotning afzalliklari keng taqsimlanishini ko’zlagan.