Keksalarga ehtirom – azaliy qadriyat

O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi tomonidan 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan nafaqadagi ustoz-murabbiylar, urush va mehnat faxriylari, ko‘p yillar davomida turli sohalarda faoliyat olib borgan nuroniylar, keksalar hamda muruvvat uyi tarbiyalanuvchilari holidan xabar olinib, ularga bayram tuhfalari hadya etildi. 
Jumladan, O‘zMUda faoliyat olib borgan faxriy ustozlar, Toshkent shahridagi Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazida istiqomat qilayotgan keksalar ziyorat qilindi. 
Olmazor tumanining Achaobod mahallasida yashovchi 100 yoshli Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Appanov Abbos ota xonadoniga tashrif buyurildi. Talabalar urush faxriysidan qiziqarli va hayotiy hikoyalar tinglab, tasavvurlarini boyitishdi. 
Nuroniylarimiz yo‘qlovchilardan minnatdor ekanini bildirib, bugungi tinch-osuda hayotimizning zamirida ajdodlarimizning mashaqqatli kurashi yotgani, bugungi dorulomon kunlarning qadriga yetib, vatan uchun sidqidildan xizmat qilish lozimligini ta’kidlashdi.

Scroll to Top