O‘zbekiston Milliy universitetida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishlarini o‘rganish universiteti hamda Jahon banki bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyoda iqlim o’zgarishi bo’yicha ta’lim va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish: iqlimga moslashish yo’llari” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondagi qishloq maktablarida atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha ta’limni rivojlantirishga qaratilgan manfaatdor tomonlar o‘rtasida o‘zaro fikr almashildi.
Ushbu tadbir Jahon bankining Markaziy Osiyoda landshaftlar barqarorligini ta’minlash dasturi (RESILAND CA+) tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. Dasturning asosiy maqsadi esa – Markaziy Osiyoda cho‘llanish va yer degradatsiyasini oldini olish hamda iqlim o’zgarishiga moslashuvchanlikni oshirishdan iborat