O‘zMU jamoasi Respublika intellektual olimpiadasi g‘olibi

Joriy yilda o‘tkazilgan Respublika intellektual olimpiadasida 12 nafardan iborat O‘zMU jamoasi ishtirok etdi hamda fahrli 2 o‘rinni qo‘lga kiritib 1,5 milliard so‘m miqdorida Prezident sovg‘asini qo‘lga kiritdi.

Ushbu intellektual olimpiadaning Shashka turi bo‘yicha Taekvonda va sport faoliyati fakulteti 1 bosqich talabasi Xasanova Sarvinoz To‘lqinjon qizi va Kimyo fakulteti 4 bosqich (kechki) talabasi Hikmatillayev Shohjahon Furqat o‘g‘li fahrli 3 o‘rinni egallab 10 mln so‘m miqdorida pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

Intellektual olimpiadaning “Shaxsiy o‘yin” turi bo‘yicha Tarix fakulteti 1 bosqich magistranti Abdusodiqov Sardor Zokirjon o‘g‘li 120 ball bilan 1 o‘rinni egallab 30 mln so‘m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Mazkur intellektual olimpiada ishtirokchilari bo‘lgan talabalar Biologiya fakultetidan 1 nafar, Kimyo fakultetidan
1 nafar, Taekvondo va sport faoliyati fakultetidan 1 nafar, Xorijiy filologiya fakultetidan 1 nafar, O‘zbek filologiyasi fakultetidan 3 nafar, Iqtisodiyot fakultetidan 3 nafar va Tarix fakultetidan 1 nafar.

Universitetda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan 2024 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.

Scroll to Top