“O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi bilan hamkorlik doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun, O‘zbekiston Milliy universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Shuhrat Toshmatov boshchiligidagi mas’ullar “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasida bo‘ldi.

Iqtisodiyot fakultetining bakalavr va magistraturada tahsil olayotgan talabalarni O‘zbekistondagi eng yirik kompaniyalardan biri “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasida amaliyot o‘tash jarayonidagi muammo va kamchiliklar to‘g‘risida fikr almashildi.

Shundan so‘ng talabalarga sharoit va imkoniyatlar yaratish, universitet bilan hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan yangi reja va tashabbuslar ilgari surildi, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Scroll to Top