Germaniyalik olim mahalliy jurnalga bergan intervyusida O‘zMUdagi faoliyati va unga taqdim etilgan mukofot haqida so‘zladi

Bugungi kunda O‘zbekiston Milliy universitetida 296 nafar tajribali professor o‘qituvchilar faoliyat yuritadi, albatta xorijlik olimlar ham bundan mustasno emas.

Mana shunday o‘z ishini sevadigan va ilm ahliga imkon qadar ko‘maklashadigan o‘qituvchilardan biri sifatida Germaniyalik professor Helge Kleifeldni misol keltirishimiz mumkin.

2023 yil 18 may kuni Dr. Helge Kleifeldga universitetning xalqaro ilmiy aloqalari rivoji hamda Nemis filologiyasi kafedrasining ilmiy-tadqiqiy ravnaqiga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Milliy universiteti “Faxriy professori” unvonini berish to‘g‘risidagi qaror eʼlon qilindi va 19 may sanasida Germaniyalik olimga unvon guvohnomasi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Professor o‘qituvchi o‘zining Zeitschrift des Kartellverbandes katholischer deutscher Studentenvereine jurnalida bergan intervyusida O‘zbekiston Milliy universitetidagi faoliyati va unga taqdim etilgan mukofot haqida so‘zlab berdi:


Shuningdek, intervyu davomida olim O‘zbekiston Milliy universiteti ko‘p yillik tarixga ega ekanligi va O‘zbekistondagi eng birinchi oliygoh bo‘lganligini aytib o‘tar ekan, ushbu universitet mashhur astronom Mirzo Ulug‘bek, yaʼni sohibqiron Temurning avlodi nomi bilan atalishini keltirib o‘tgan.

Taʼkidlab o‘tish kerakki, professor Helge Kleifeldning aynan O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurish tarixi 2017 yildagi ilk safari va unga hamrohlik qilgan tarjimon bilan bog‘lanadi. 2017 yil birinchi marta Markzaiy Osiyo davlatlariga tashrifi davomida unga universitetning nemis tili filologiyasi bitiruvchisi tarjimon hamroh bo‘lgan hamda professorga o‘z universitetiga tashrif buyurishni, o‘zining geografiya, Germaniya tarixi hamda siyosatiga oid bilimlarini talaba yoshlar va hamkasblari bilan ulashishini taklif qilib, unga bir qancha kontaklar taqdim etgan. Olim 2019 yil o‘zining dastlabki seminarini tashkil etgan, garchand 2020-2022 yillar davomida pandemiya sababli uning universitet bilan aloqa qilish jarayoni sekinlashgan bo‘lsa ham, 2021 yil universitetda o‘z faoliyatini boshlash imkoniyatini qo‘lga kiritdi va bugungi kunga qadar o‘qituvchilar uchun bir qancha kitoblar nashr etdi.

Scroll to Top