O‘zbekiston Milliy universiteti Sport komleksining ramziy ochilish marosimi

Unda universitet rahbariyati, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi mas’ullari, O‘zMU sport klubi, Taekvondo va sport faoliyati fakulteti rahbariyati, fakultetlar dekan o‘rinbosarlari, shuningdek OAV vakillari ishtirok etdi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zMUning sport majmuasida 2 ta katta zal, 2 ta sun’iy qoplamali maydon hamda bitta standart futbol maydonlari mavjud. Joriy yilda sport majmuasi mukammal ta’mirlandi, jumladan, 2 ta sun’iy qoplamali maydon, 3 ta basketbol maydonchalari, 5 ta (3 ta ochiq, 2 ta yopiq) voleybol maydoni, 1 ta kurash maydoni yangi jihoz va materiallar bilan ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. 2 ta zalda mingga yaqin talaba yoshlarga sport mashg‘ulotlarini tomosha qilish uchun imkoniyat yaratildi.

Scroll to Top