“InnoWeek-2023” haftaligi doirasida 10 ga yaqin tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etishga yordam bergani uchun Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘I Gulchehra Bekmatova vazir tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.
Biologiya fakulteti 4-kurs talabasi Ulug‘bek Abdukarimov “Alpomish” muz saroyida tashkil etilgan ko‘rgazmada eng ilg‘or loyihalardan biri dep topilgan “Dnk-marker texnologiyasidan foydalanib, qulupnayni yangi navini yaratish” loyihasi uchun taqdirlandi.
Kuni kecha haftalik davomida o‘tkazilgan “Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” tanlovi, ko‘rgazmadagi eng ilg‘or loyihalar g‘oliblari, shuningdek tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatgan bir guruh yoshlar hamda “Innovatsion g‘oya yetakchisi” ko‘krak nishoni sohiblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot o’rnida, INNOWEEK.UZ innovatsion gʻoyalar haftaligi 2018-yildan boshlab har yili oʻtkazib kelinmoqda, unda mahalliy va xorijiy kompaniyalar, investorlar, xorijiy diplomatik missiyalar vakillari, tadbirkorlar, shuningdek, vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etmoqda. Oʻtgan yillar davomida haftalik doirasida hamkorlik toʻgʻrisida koʻplab memorandumlar, qator muvaffaqiyatli sarmoyaviy shartnomalar imzolandi. Haftalik mahalliy va xorijiy vakillarning eng ilgʻor innovatsion texnologiyalari, mahsulotlar, loyihalar, biznesning turli yoʻnalishlari uchun prototiplari yoki modellarini namoyish etish va targʻib qilish uchun ishonchli platformaga aylandi. Haftalikning maqsadi – xorijiy va milliy ekspertlar, tahlilchilar oʻrtasida Yangi Oʻzbekistondagi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi islohotlar, ularning mohiyati, erishilgan yutuqlar va navbatdagi dolzarb vazifalar, innovatsion rivojlanish sohasidagi ustuvor vazifalar toʻgʻrisida fikr almashishdan iborat