“Ayol — ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning yangi ufqlarida” mavzusida ilmiy anjuman

Tadbirni fakultet dekani kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida ayollar jamiyatning eng faol qatlami ekanini, ularning mehnati, fidoyiligi va bunyodkorlik salohiyati tufayli mamlakatda iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy taraqqiyotga erishilayotganini ta’kidladi.

 Anjumanda olima ayollar tomonidan “Ayollarning iqtisodiy faoliyatdagi roli va yangi imkoniyatlar”, “Zamonaviy ta’limda ayol yetakchilarining o‘rni”, “Ijtimoiy adolat va gender tenglik – barqaror rivojlanish omili” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, yosh tadqiqotchilar o‘z ilmiy izlanishlari natijalarini taqdim etishdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan ayollarning ijtimoiy hayotdagi mavqeini mustahkamlash, ularni iqtisodiyot va ilm-fan sohalarida qo‘llab-quvvatlash, yosh avlodni vatanparvarlik va bilimga intilish ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar ilgari surildi.

Mazkur ilmiy anjuman ayollarning jamiyatdagi o‘rni va ularning milliy taraqqiyotdagi beqiyos hissasini chuqur tahlil etish, shuningdek, yosh ayollarni ilmiy izlanish va ijtimoiy faoliyatga keng jalb etish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Scroll to Top