gENDER TENGLIKNI QO'LLAB-QUVVATLASH
Gender tengligini ta’minlash, barcha ayol va qiz bolalarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish
Barqaror rivojlanish 5- maqsadi Gender tengligini ta’minlash, barcha ayol va qiz bolalarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish (keying o‘rinlarda SDG 5 deb yuritiladi) deyiladi. Barqaror rivojlanish maqsadlari bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq va har bir sohadagi harakatlar boshqa sohalardagi natijalarga ta’sir qiladi. Rivojlanish ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik barqarorlikni muvozanatlashi kerak. Tizimli yondashuv esa global barqarorlikning asosidir.
SDG 5ni amalga oshirish uchun 9 maqsad va taraqqiyot yo‘lini belgilash uchun 14 ko’rsatkich mavjud. Birinchi 6 ta maqsad “natijalarga yo’naltirilgan” maqsadlar deyiladi. Ular quyidagilar:
- hamma joyda barcha ayollar va qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini tugatish;
- ayollar va qizlarning zo’ravonligi, ekspluatatsiyasiga chek qo’yish;
- yoshlar o‘rtasida erta va majburiy nikohni oldini olish, ayollar jinsiy a’zolarini kesish kabi zararli amaliyotlarga barham berish;
- tug‘ruqdan keyingi bolalarni parvarish qilish qiymatini oshirish va onalarni har tomonlama rag’batlantirish;
- xotin-qizlarning yetakchilik va qarorlar qabul qilishda to‘liq ishtirokini ta’minlash;
- universal reproduktiv huquqlar va salomatlikdan foydalanishni ta’minlash.
Maqsadlarga erishishning vositasi quyidagilardan iborat:
- ayollarning iqtisodiy resurslarga, mulkka egalik qilish va moliyaviy xizmatlarga teng huquqlarini ta’minlash;
- texnologiyalar orqali ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashish;
- gender tengligi bo’yicha siyosatni qabul qilish, kuchaytirish va qonunchilikni amalga oshirish.
«Hech kimni ortda qoldirmaslik» va’dasi orqali davlatlar, birinchi navbatda, eng uzoqda bo‘lganlar hududlar uchun taraqqiyotni tezlashtirish majburiyatini oldilar. Bu gender tengligiga erishish va barcha ayollar-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish uchun amalga oshiriladi.
COVID-19 pandemiyasi ayollarga salbiy ta’sir qildi. Chunki ular himoyaga muhtoj va davolanish imkoniyati cheklangan. Mavjud maʼlumotlar pandemiya davrida ayollarga nisbatan zoʻravonlik koʻpayishini koʻrsatadi.
Barqaror rivojlanish maqsadlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan belgilangan 17 ta global maqsadlardan iborat. Keng maqsadlar o‘zaro bog‘liq, ammo ularning har biri o‘z maqsadlariga ega. SDG ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish masalalarining keng doirasini qamrab oladi. Bular qashshoqlik, ochlik, sog’liqni saqlash, ta’lim, iqlim o’zgarishi, gender tengligi, suv, sanitariya, energiya, urbanizatsiya, atrof-muhit va ijtimoiy adolatni o’z ichiga oladi.
SDG Mingyillik rivojlanish maqsadlari (MRM) o‘rnini egalladi. Bu esa o‘z navbatida maqsadlarni erishish yo‘lini aniq belgilaydi.
Ayollar va qizlarning ta’lim olishi, sog‘liqni saqlash, munosib mehnat, siyosiy hamda iqtisodiy qarorlarni qabul qilish jarayonlarida vakillik qilishdan teng foydalanish imkoniyatini ta’minlash barqaror iqtisodiyotga hissa qo‘shadi, jamiyat va butun insoniyatga foyda keltiradi.
2030-yilga borib gender tengligi xususiy va davlat sohalarida ayollar huquqlariga putur etkazuvchi kamsitishning ko‘plab asosiy sabablarini bartaraf etish uchun shoshilinch choralar ko‘rishni talab qiladi. Gender asosidagi zo‘ravonlik va zo‘rlashga barham berish inson huquqlarining buzilishi ekanligini hisobga olib, ustuvor vazifa hisoblanadi. Gender tengligini amalga oshirishga bo‘lgan ijtiyoq baʼzi sohalarda yaxshilanishlarga olib keldi, biroq har bir ayol va qiz toʻliq gender tengligi va ularning imkoniyatlarini kengaytirish yoʻlidagi barcha huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy toʻsiqlar, jumladan, raqamli imkoniyatlarga ega boʻladigan dunyo istiqbollari haligacha yetishmayapti.
Talaba qizlarni qo'llab -quvvatlash dasturi
Gender Tenglik
O‘zbekiston Milliy universitetida ayollarni qo‘llab-quvvatlash va gender tengligini ta’minlashga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Universitetda "Ayollar qo'mitasi" faoliyat yuritadi, u talabalar va xodimalarning huquqlarini himoya qiladi va ularning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar uchun alohida qabul tartiblari va davlat grantlari mavjud. Bu chora-tadbirlar ayollar uchun oliy ta’limda teng imkoniyatlar yaratishga bo‘lgan jiddiy e’tiborni ko‘rsatadi.
Gender tengligi va ta’lim: O'zbekiston Milliy universiteti amaliyoti
O‘zbekiston Milliy universiteti ayollar uchun xavfsiz, teng huquqli va qulay muhit yaratishga intilmoqda. Universitetda «Xotin-qizlar qo’mitasi» faoliyat yuritadi, u ijtimoiy, huquqiy va ma’naviy yordam ko‘rsatadi, muammolarni aniqlab, ularni hal qilish yo‘llarini taklif qiladi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko‘p yillik ish tajribasiga ega yoki kam ta’minlangan ayollar uchun imtihonsiz qabul va davlat grantlari mavjud. Shuningdek, universitet ayollarni ilm-fan, muhandislik va texnologiya (STEM) sohalarida faol bo‘lishga rag‘batlantiradi.
O'zbekiston Milliy Universitetida Gender Tengligi Bo‘yicha Tadbirlar
Oʻzbekiston Milliy Universitetida biz gender tengligini targʻib qiluvchi va barcha uchun teng huquqlar toʻgʻrisida xabardorlikni oshiruvchi tadbirlarni muntazam ravishda tashkil etamiz. Ushbu tashabbuslarning maqsadi – inklyuzivlikni rivojlantirish, talabalarni qoʻllab-quvvatlash hamda gender stereotiplarini buzishdan iborat. Seminarlar, treninglar va targʻibot kampaniyalari orqali biz ochiq muloqotga chorlaymiz hamda yanada adolatli jamiyat sari harakat qilamiz.