Universitetimiz ta’lim jarayonini barcha darajalarda odob-axloq qadriyatlari asosida tashkil etadi

Bugungi globallashuv sharoitida ta’lim-tarbiya jarayonida nafaqat bilim, balki shaxsiy kamolot, ma’naviyat va odob-axloq qadriyatlari ham muhim o‘rin egallaydi. Universitetimiz bu jihatni chuqur anglagan holda, o‘z faoliyatini ana shu yondashuvlar asosida tashkil etadi.

Ta’limning ma’naviy asoslari

Universitetda o‘quv jarayoni faqat texnik yoki akademik bilim berishga qaratilmagan. Har bir yo‘nalishda talabalarning:

“Talabalar o‘rtasida teng munosabat va xilma-xillik qadriyatlari”

O‘zbekiston Milliy universitetida talabalarda xilma-xillik, tenglik va o‘zaro hurmat qadriyatlarini shakllantirish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda turli hudud va millat vakillari ishtirok etib, bag‘rikenglik, teng munosabat va inklyuziv muhitni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Interaktiv mashg‘ulotlar va madaniy ko‘rgazmalar orqali talabalar o‘rtasida hamjihatlik kuchaytirildi. Tadbir yakunida esa universitetda teng imkoniyatlar yaratish va xilma-xillikni qo‘llab-quvvatlash ishlari ta’kidlandi.

Tarbiyaviy tizimning uzviyligi

Talaba – bu nafaqat o‘quvchi, balki kelajak jamiyat a’zosi sifatida ko‘riladi. Shu bois:

  • Fakultetlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari,

  • Guruh murabbiylari (tyutorlar) orqali shaxsiy tarbiya va xulq-atvorga doir monitoring,

  • Doimiy seminar, davra suhbatlari, uchrashuvlar orqali ijobiy muhit yaratiladi.

  • Talaba qizlar, o’qituvchilar o’rtasida odob-axloq qoidalar hamda adolat va tenglik.

Universitetda talabalar ishtirokida profilaktik tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Ushbu tadbirlarda mas’ul rahbarlar va mutaxassislar ishtirok etib, talabalarga zararli g‘oyalar ta’siriga tushmaslik, giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’molining oldini olish, ommaviy tartibsizliklardan yiroq bo‘lish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tushunchalar berilmoqda.

Mazkur tadbirlar universitetda halollik, mas’uliyat va qonunlarga hurmat kabi qadriyatlar asosida tizimli ravishda o‘quv-tarbiyaviy ishlar olib borilayotganini ko‘rsatadi.

Talaba odobi va ichki tartib – xavfsiz hamda sog‘lom muhit garovi

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida o‘tkazilgan davra suhbatida talabalarni jinoyatchilikdan ogohlantirish, odob-axloq va ichki tartib-qoidalarga rioya qilish masalalariga e’tibor qaratildi. Mutaxassislar yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish va ularda mas’uliyat hissini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Shuningdek, narkotik moddalar, kiberjinoyatlar, onlayn qimor o‘yinlarining zararli oqibatlari hamda ijtimoiy tarmoqlardan madaniyatli va xavfsiz foydalanish zarurligi tushuntirildi.

Ichki tartib va odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilish

Universitetda ichki tartib qoidalari, odob-axloq normalari rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lib, ular har bir talaba va xodim tomonidan so‘zsiz bajarilishi lozim:

  • Kiyim-bosh madaniyati,
  • O‘zaro munosabatlarda hurmat,
  • Tashqi ko‘rinish, so‘zlashish madaniyati,
  • Darsga vaqtida qatnashish, intizomga rioya qilish kabi jihatlar nazorat qilinadi.
Hero images make big impact.

Akademik halollik va axloqiy tamoyillar

Universitetimizda akademik halollik prinsiplariga asoslangan muhit shakllantirilgan:

  • Nodonlik emas, bilim va mehnat bilan natijaga erishish,
  • Plagiat, ko‘chirish, soxta baholashga qarshi kurash,
  • Har bir talaba va ustoz o‘rtasida insoniylikka asoslangan munosabatni yo‘lga qo‘yish.

Bu borada esa talaba yoshlarga universitetimiz psixologi keng ko’lamda yordam beradi.

pexels-photo-417273.jpeg

Universitetimizning asosiy maqsadi — ilmli, ayni vaqtda axloqan yetuk, ma’naviy jihatdan boy va madaniyatli avlodni tarbiyalashdir. Bu yondashuv orqali universitet nafaqat bilim beruvchi, balki shakllantiruvchi va kamolotga yetaklovchi maskan sifatida faoliyat yuritmoqda.

Scroll to Top