21 noyabr kuni Toshkentdagi Rus uyida “Ekologik diktant” Umumrossiya ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi. Aksiyani maktab o‘quvchilari, talabalar va oddiygina tabiatni sevuvchilar va atrof-muhitga qayg‘uruvchilar, shuningdek O’zbekiston Milliy universiteti takabalari ham ishtirok etdi.
Rossiya Federatsiyasining O’zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda talaba yoshlar o’rtasida ekologik savodxonlik darajasini oshirish uchun “Ekodiktant” hamda ekologik ta’limga doir test sinovlari orqali talaba yoshlarning bilim ko’nikmalari baholandi.
Diktant ishtirokchilari uch guruhga bo’lingan:
12 yoshdan 18 yoshgacha;
18 yoshdan katta (ekologlar emas);
18 yoshdan katta (ekologlar);
Ekodiktant – ekologik madaniyatni rivojlantirish, aholining turli qatlamlari o‘rtasida ekologik bilimlarni ommalashtirish, ekologik savodxonlik darajasini ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish chorasi va ekologik xavfsizlikning asosiy tarkibiy qismi sifatida oshirishga qaratilgan yillik loyiha.
Diktant ishtirokchilari turli qiyinchilik darajasidagi 25 ta savolga javob berishlari kerak edi.