O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-avgustdagi «Buyuk mutaffakir va qomusiy olim Abu Rayxon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash tog’risida»gi PQ-361-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, bugun, 27-sentabrda O’zbekiston Milliy universitetida “Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosining jahon fani rivojidagi o‘rni” mavzusida professor-o’qituvchilar va talabalar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Tadbirda AQSh, Saudia Arabiston, Italiya, Afg‘oniston, Misr, Turkiya, Tojikiston, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Eron, Ozarbayjon, Rossiya, Qizg‘iziston, Qozog‘iston, Indoneziya, Malayziya va Jazoir kabi davlatardan professor-o’qituvchilar, davlat va fan arboblari tashrif buyurishdi.
Ishtirokchilar kunning birinchi yarmida Beruniyni xotirlab, mutafakkir haykali poyiga gullar qo’yishdi. Shuningdek, “Adiblar xiyoboni”da bo’lib, Beruniyning ilmiy me’rosi va uning bugungi kundagi o’rnib to’g’risida suhbat o’tkazildi.
Tadbirning asosiy qismi O‘zMUda davom etib, tadbirni xalqaro aloqalar bo’yicha prorektori Raima Shirinova ochib berdi.
Xorijiy davlatlardan, xususan, Turkiyaning Dijle universiteti (Turkiya) rektori Mustafa Demirchi, Rossiya davlat tabiiy fanlar universiteti professori Aleksandr Stolyarov, Kristofor Simone (Italiya) universiteti, Geologiya bo‘limi, KA Foskari Venetsiya universiteti professori Vladimir Andrea Boselli, Misrning Qohira universiteti Sharq tillari va sivilizatsiyasi fakulteti professori Jalal al-Said al-Xavnafiy, Azusa Pasifik universiteti (AQSH) professori Akles Nensi hamda Tillar universiteti (Ozarbayjon) katta o‘qituvchisi Aynura Husainovalar ham mutafakkir olim va u haqidagi tadqiqotlar to’g’risida fikr almashildi.
Konferensiya so’ngida mutafakkir olim Beruniy siymosini abadiylashtirish va uning ilmi me’rosiga bag’ishlangan tadqiqotlarni davom ettirish lozimligi ta’kidlandi.