Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi

O‘zbekiston Milliy universitetida Olmazor tumani Adliya boshqarmasi va Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!”, “Konstitutsiya – adolat tantanasi” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. 
Huquqiy targ‘ibot tadbirida Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi, “Targ‘ibot poyezdi” rahbari – Xurshid Botirov, Olmazor tumani adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i N.Xalilov, Universitet huquqshunosi G.Yaxyayeva, Universitet psixologi N.Axatova hamda Toshkent davlat yuridik universitetining “Targ’ibot poyezdi” guruhi a’zolari va talaba yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida ma’ruzachilar tomonidan taqdimot materiallari orqali zarur ma’lumotlar ulashildi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari bilan savol-javob o‘tkazildi. Faol qatnashganlarga estalik sovg‘alari taqdim etildi.

Scroll to Top