Joriy yilning 6-dekabr kuni O’zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti «Umumiy psixologiya» va » Ijtimoiy psixologiyasi» kafedrasi professor-o’qituvchilari tashabbusi bilan Sergeli tumanidagi 300-sonli IDUM o‘quvchilari bilan «Men tanlagan kasb» mavzusida seminar trening o‘tkazildi.Bu seminarda o’quvchilar uchun turli xil yo’nalishda qiziqarli treninglar tashkil qilish orqali o’quvchi yoshlarni kelajakda qaysi kasb egallashlaini
Seminar treningni «Umumiy psixologiya» kafedrasi va
«Ijtimoiy psixologiya» kafedrasi dotsentlari I.I.Raximova, Z.X.Kamalova va G.Z.Ziyavitdinovalar olib borishdi.
Seminar trening davomida o‘quvchilar qiziqqan savollariga javob berildi.
Seminar trening koʻtarinki kayfiyatda yakunlandi.
Maktab maʼmuriyati va oʻquvchilar seminar treningini tashkil etganligi uchun kafedra professor-oʻqituvchilariga oʻz minnatdorchiligini bildirishdi.