Xorijiy talabalar uchun psixologik trening:
moslashish va samarali muloqot ko‘nikmalari
O‘zbekiston Milliy universitetida xorijiy talabalar uchun “Moslashish va muvaffaqiyat: xorijda o‘qish uchun samarali muloqot va strategiyalar” mavzusida psixologik trening tashkil etildi. Mazkur tadbir talabalarning ta’lim jarayoniga tez moslashishi, samarali muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda yangi muhitda o‘zlarini erkin his qilishlariga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazildi.
Trening davomida ishtirokchilar bir qator amaliy mashg‘ulotlarda faol qatnashdilar. Xususan, “Muloqot fitnesi” mashqlari orqali ishonch bilan gapirish va suhbatdoshni yaxshiroq tushunishga yordam beradigan usullar o‘rganildi. Shuningdek, stressga qarshi vositalar bo‘yicha mashg‘ulotlar orqali imtihonlar yoki o‘qish jarayonida yuzaga keladigan ruhiy bosimni kamaytirishning oddiy va samarali usullari tushuntirildi.
Trening davomida ishtirokchilar:
Ishonchliroq gapirishga va tushunishga yordam beradigan mashqlar.
Yangi tanishlar orttirish va qulay muhitda suhbatlar olib borish mashqlari.
Imtihondan oldin xotirjamlikni saqlashning oddiy usullari.
Yangi mamlakatda o'qish va yashashni samarali rejalashtirish mashqlari
Treningda muloqot amaliyoti ham muhim o‘rin tutdi. Ishtirokchilar yangi tanishlar orttirish, jamoada erkin suhbat qurish hamda o‘z fikrlarini aniq ifodalash bo‘yicha turli interaktiv mashqlarda qatnashdilar. Bundan tashqari, moslashish sirlari mavzusida yangi mamlakatda yashash va o‘qish jarayonini to‘g‘ri rejalashtirish, kundalik hayot va ta’lim jarayonida muvozanatni saqlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Mazkur trening O‘zbekiston Milliy universiteti va Janubiy federal universiteti o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik doirasida Psixologiya kafedrasi tomonidan tashkil etildi.