Nazariya va amaliyot uyg‘unligi:

Psixologiya kafedrasi talabalari uchun navbatdagi amaliy mashg‘ulot

O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchisi, professor v.b. R. Kudratullayeva tashabbusi bilan Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 102-sonli maxsus internat maktabida o‘quv-amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. Mazkur tadbir kafedra va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi samarali hamkorlik doirasida amalga oshirildi.

Tashrif davomida:

boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan psixologik mashg‘ulotlar o‘tkazildi

talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlashga qaratilgan amaliy darslar olib borildi

magistrantlar mashg‘ulot jarayonida faol qatnashib, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirdilar

Mashg‘ulotlar davomida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan turli psixologik trening va rivojlantiruvchi mashqlar tashkil etildi. Bolalarning yosh va individual xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘tkazilgan mashg‘ulotlar ularning ijtimoiy faolligi, muloqot ko‘nikmalari va emotsional barqarorligini rivojlantirishga qaratildi.

Shuningdek, magistrantlar uchun amaliy darslar o‘tkazilib, unda psixologik kuzatuv, suhbat tashkil etish, diagnostik usullardan foydalanish va natijalarni tahlil qilish bo‘yicha tajriba orttirildi. Talabalar mashg‘ulot jarayonida faol qatnashib, nazariy bilimlarini real sharoitda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu esa ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatiga mustahkam zamin yaratdi.

Mazkur o‘quv-amaliy mashg‘ulot nafaqat talabalarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, balki oliy ta’lim muassasasi hamda umumta’lim maktabi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Bunday amaliy tashriflar kelgusida ham izchil davom ettirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ular ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Scroll to Top