O‘zMU talabalari Temuriylar tarixi davlat muzeyida

Temuriylar davlati asoschisi, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan O‘zMU talabalari ulug‘ bobokalon va u asos solgan saltanat tarixi haqida keng tasavvurga ega bo‘lish maqsadida Temuriylar tarixi davlat muzeyida bo‘lishdi.

Ekskursiya davomida talabalarga mutaxassislar tomonidan Amir Temurning oʻzbek davlatchiligi rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi, amalga oshirgan siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy va bunyodkorlik ishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, talabalar poytaxtimizning markazida qad rostlagan ramziy qadamjo – Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, shonli tariximizni yodga olishdi.








Scroll to Top