O‘zMU olimasi xotin-qizlar uchun «IT Star» tanlovining “The Best IT-researcher” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi

Joriy yilning 11-may kuni IT ta’lim uyushmasi qoshidagi IT Ladies hamjamiyati homiylari bilan birgalikda tashkil etilgan IT va unga yondosh sohalar bo‘yicha faqat qizlar uchun mo‘ljallangan «IT Star» tanlovining  g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi. 
Quvonarlisi, mazkur tanlovda Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakultetining Sun’iy intellekt kafedrasi katta o‘qituvchisi Mehrbonu Raximova muvaffaqiyatli ishtirok etib, “The Best IT-researcher” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Scroll to Top