Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Advokatlar palatasi, shuningdek “Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Zakovat intellektual klubi” NNT hamkorligida “Zakovat” turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Unda O‘zbekiston Milliy universiteti nomidan “Huquqiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan tuzilgan “Milliy yuristlari” jamoasi ham ishtirok etmoqda.
Jamoalarga o‘yinda 12 ta savoldan 3 tur davomida jami 36 ta savol o‘qiladi.