O’zMU «Volontyorlar klubi» «Taskin» Respublika birinchi bolalar xosbisida

Bugun Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy Fanlar fakulteti «Ijtimoiy ish» kafedrasi «Volontyorlar klubi» ishtirokida «Taskin» Respublika birinchi bolalar xosbisiga tashrif uyushtirildi.

U yerda davolanayotgan bolalarga hamkorlar «SAFIA» bakery tomonidan shirinliklar bundan tashqari «SARIQ BOLA PIZZA» tomonidan pitsalar ulashildi.

Bolajonlarga kichik kongilochar konsert dasturi namoyish etilib, «Art terapiya» usulida bolajonlar bilan birgalikda rasmlar Tashrif yakunida bolajonlarga turli xildagi esdalik sovg’alari taqdim etildi. Va eng asosiysi bolajonlarning xayotida ushbu kun eng esda qolarli baxtli kunlardan biriga aylandi.

Volontyorlar tomonidan Zangiota tumanida joylashgan mazkur xospisda davolanayotgan bolalar holidan xabar olindi, ularga shirinliklar, esdalik sovg‘alari ulashildi hamda ekspromt ko‘ngilochar konsert namoyish etildi.

Ushbu xayrli tashabbus talabalarda ko‘makka muhtoj qariyalar va bolalarga g‘amxo‘rlik qilish, imkoniyati cheklangan yoxud og‘ir dard bilan kurashayotgan aholi vakillariga beminnat yordam ko‘rsatish mas’uliyatini yanada oshirishi shubhasiz.

Talabalarimiz uchun esa o’zlarini xaqiqiy ijtimoiy xodim sifatida faoliyat olib borishlari uchun amaliy yordam bera oldik desak mubolag’a bo’lmaydi.

Scroll to Top