2023 yil 19 dekabr kuni Mirzo Ululg‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti “Ijtimoiy fanlar” fakulteti “Ijtimoiy ish” kafedrasi va O‘zbekiston nogironlar assotsasiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining moliyaviy ko‘magida tashkil etilgan “Inklyuziv jamiyat sari” mavzusidagi videoroliklar tanlovi taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Milliy Universitetining “Ijtimoiy ish” kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-qo‘vvatlash jamg‘armasining moyiyaviy ko‘magida “Inklyuziv jamiyat sari” mavzusida videoroliklar tanlovida nogironligi bor shaxslarni turmush sifatini oshirishga va mamlakatimizda inklyuziv jamiyatni barpo etishga bag‘ishlab, nogironligi bor shaxslar duch keladigan to‘siqlar va ularni bartaraf etish borasidagi harakatlar aks ettirilganligi bilan mamnun etdi.