Reproduktiv salomatlikni yaxshilash va uning tamoyillari. Ayollar reproduktiv aʼzolari anatomiya va fiziologiyasi.

Har bir inson o‘zining salomatligiga o‘zi javobgar bo‘lishi kerak. Turmush qurishdan avval stabil daromati, shaxsiy uyi bo‘lishi kerak. Har doim shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi, to‘g‘ri ratsional ovqatlanishi, ko‘p jismoniy harakatda bo‘lishi, salbiy odatlarini (ichish, chakish) yo‘qotishi, bekorga asabiylashmaslik, vaqtida dam olishi, o‘zini chiniqtirishi kerak. Hali to’la-to’kis rivojlanib ulgurmagan organizm, homilador bo’lishi mumkin. Bu homiladorlikni oxirigacha yetkaza olmay, vaqtidan oldin tu- g’ilishga, kichik muddatlarda homilaning tushishiga, ona qornida homilaning rivojlanishdan to’xtashiga, mikroblar tushishi natijasida qo’shimcha kasalliklar qo’shilib, bepushtlikkacha sabab bo’lishi mumkin. Barvaqt jinsiy hayot boshlagan qizlarda bachadon bo’yni raki ko’p uchraydi. Shularni e’tiborga olgan holda qizlarni 20 yoshdan boshlab turmushga berishsa maqsadga muvofiq bo’lgan bo’lar edi. Tug’ishning eng oltin davri bu 20 yoshdan 30 yoshgachadir. Bu davrlarda ayollar so g’lom turmush tarzini yuritishi, oilani to’ g’ri rejalashtirishi kerak bo’ladi, chunki sog’lom onadan sog’lom bola dunyoga keladi. Onalari sog’lom bo’lgan yurtning farzandlari ham so g’lom, barkamol yetuk bo’lib shakllanadi. Ayolni homiladorlik davrida turli qo’rquv holatlardan, mehnat faoliyatida homilaga salbiy ta’sir etishi mumkin bo’lgan alkogol ichimliklari, nikotin, giyohvandlik moddalaridan, mehnatning ayrim turlaridan, turli virusli, yuqumli kasalliklardan, surunkali dardlarning xuruj qilishidan, tanosil va ayollar xastaliklaridan, ovqatlanish, dam olish, uxlash tartibining buzilishidan, nurlanish, kimyoviy moddalar, shu jumladan, homilaga va homiladorlikning kechishiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan dori-darmonlardan saqlanishi tavsiya etiladi. Tibbiy madaniyati yuqori bo‘lgan onaning bolasi har doim sog‘lom tug‘iladi va sog‘lom o‘sadi. Ona bolasini emlash kalendari bo‘yicha OPga oborib, o‘z vaqtida emlatadi va yuqumli kasalliklardan saqlaydi. Bolani yoshligidan unga shaxsiy gigiyena qoidalariga o‘rgatib, gijja kasalliklaridan asraydi. Bolani tishini ikki mahal yuvishni o‘rgatadi.

Scroll to Top